Career Center

  

 

Ochiq eshiklar kuni

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-maydagi "2016-2017 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga qabul to`g`risida" gi PQ-2534-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro davlat universitetida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi ta`minlanmoqda.

Jumladan, 2016 yil 16 iyun kuni Buxoro davlat universitetida "Ochiq eshiklar kuni" o`tkazildi. Tadbirda kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar (BuxDU qoshidagi 1-son akademik lisey, BuxDU qoshidagi 4-son akademik lisey, BMTI qoshidagi 1-son akademik lisey, BDTI qoshidagi 1-son akademik lisey, Buxoro Yuridik kolleji, Buxoro Bank kolleji, Buxoro Iqtisodiyot va Bank kolleji, Buxoro Turizm kolleji, Jondor Iqtisodiyot kolleji, Jondor Pedagogika kolleji, Shofirkon Qishloq Xo`jalik kasb-hunar kolleji va Kogon Qishloq Xo`jalik kasb-hunar kollejlari) dan 500 nafardan ortiq bitiruvchi qatnashdi.

Tadbirda Buxoro davlat universiteti rektori A.A.Tulaganov boshchiligida akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan davra suhbatlari tashkil etilib, Buxoro davlat universiteti fakultetlari va mutaxassis tayyorlovchi kafedralari faoliyati haqida, talabalar uchun universitetda yaratib beriladigan sharoitlar, abiturientlar (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni o`taganlar) va ularning ota-onalariga tegishli barcha ma`lumotlar, shuningdek 2016-2017 o`quv yili qabul kvotalari haqida ma`lumotlar va tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga universitet marketing bo`limi boshlig`i B.I.Adizov tomonidan 2016/2017 o`quv yili qabul kvotalaridagi o`zgarishlar, kirish imtihonlari, davlat grantlari va to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinadigan talabalarning huquq va majburiyatlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar berib o`tildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil qilinib, universitetdagi mutaxassis tayyorlovchi kafedralar tomonidan universitet bo`ylab tashkil etilgan ekskursiya hamda ko`rgazmalar tadbirga kelgan ko`pchilik akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga qiziqish uyg`otdi.

Tadbirni yoritishda ommaviy axborot vositalari (Buxoro televideniyasi va "Buxoronoma" gazetasi) jalb qilindi.

event_note 17.06.2016

MINISTRY OF LABOUR OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

BUXORO VILOYATI MEHNAT BOSH BOSHQARMASI

MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

myjob.uz

UNIWORK PROJECT

BUKHARA STATE UNIVERSITY